18−24 iyul kunlari tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Tabiiy ofat So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.