Bugun, 5 avgust va dam olish kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Harorat foni me’yoriy qiymatlardan biroz yuqori bo‘lib, kechalari +20…+25 daraja, kunduz kunlari +32…+37 daraja atrofida bo‘ladi.

Faqat O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida ushbu kunlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq paytida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.