Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi, beya xabar bermoqda O‘zgidgomet.

Ushbu kunlarda harorat foni iqlimiy me’yorlardan 5−7 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduzi havo harorati +40…+45 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonalarining ba’zi joylarida +47 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zgidromet quyosh urushining oldini olish maqsadida kunning ikkinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida yurmaslikni so‘radi.

Shuningdek, respublikaning ayrim joylarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Qolaversa, Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi aytildi.

«Gazeta.uz» jaziramada qanday jon saqlash mumkinligi haqidagi tavsiyalarni eslatib o‘tadi.