Gurlan tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 81 tup biologik sog‘lom turong‘il daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 618,1 mln so‘mlik zarar etkazilgan. Xo‘jalik rahbariga jinoyat ishi ochildi.
Asaka tumanida ko‘p yillik 6 tup chinor daraxti kesilishi oqibatida tabiatga 317 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilishi sababli 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 50 mln so‘mlik zarar etgan. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.
Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish maqsadida 67 tup daraxt noqonuniy kesildi. Avvalroq tuman hokimligi mas’uli ularni kesishga ruxsat so‘ragan, ammo ekologiya bo‘limi bunga ruxsat bermagan. Bu harakat orqali o‘simlik dunyosiga salkam 300 mln so‘m zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dehqonobod tumanida 6 tup archa tagidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani uchun o‘rmon qo‘riqchisiga 3,3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Tabiatga 18 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Qashqadaryoda xususiy korxona viloyat bolalar shifoxonasi maydonidagi 17 tup manzarali daraxtni noqonuniy kesib tashlagani aniqlandi. Holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida 2 mingdan ortiq daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Namangan tumanida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesib yuborgan fuqaroga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Undan o‘simlik dunyosiga yetkazgan zarari uchun 326 mln so‘m zarar ham undiriladi.
Bulung‘ur tumanida yo‘l yoqasiga ekilgan, qariyb 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och kesib tashlandi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.
Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.
Oltinsoy tumanida ferma raisi 8 tup eldor qarag‘ayi daraxtini fuqaroga 5 mln so‘mga baholab, kesish uchun sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 550 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi.
Izboskan tumanida fuqarolar 3 tup chinor daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib ketdi. Oqibatda tabiatga 131 mln so‘mlik zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryoda 30 tup manzarali daraxt, Toshkent viloyatida esa 48 tup pista daraxti o‘tin qilish uchun kesib tashlangani aniqlandi. Xususan, Qarshi shahrida o‘simlik dunyosiga 151 mln so‘m zarar yetgan.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida firmaga berilgan hududda 35 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 196 mln so‘m zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda 2022 yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 4599 ta holat aniqlangan. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 8243 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 10 mlrd so‘mga baholanmoqda. Qurilish maydonchalarida to‘siqlar bilan o‘ralgan 24 ming daraxt xavf ostida qolmoqda.
Qiziriq tumanidagi xo‘jalikda o‘suvchanligini yo‘qotmagan 4 tup katta yoshli chinor kesib ketildi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborildi.
Kasbi tumanida “Indorama agro” xorijiy kompaniyasi 560 tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtni qo‘porib tashlagani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 2,8 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtlar qo‘porilgan, 3 tup daraxt shikastlangani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Samarqandda fuqaro 5 tup eldor qarag‘ayi daraxtini noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 86,4 mln so‘m miqdorda zarar yetganini ma’lum qildi. Hozirda hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting