Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shko‘pir tumanida 100 dan ortiq daraxtlar kesib tashlangani aytilgan video murojaat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga aytilishicha, Qo‘shko‘pir tumanidagi «Rasulbek» fermer xo‘jaligida olib borilgan o‘rganishga ko‘ra, yer maydoni hududida 83 tup har xil kattalikdagi terak, jiyda hamda turong‘il daraxtlari qo‘porilgani, shu bilan birga, 3 tup daraxt shikaslangani aniqlandi.

noqonuniy daraxt кесиш, хоразм

noqonuniy daraxt кесиш, хоразм

Hozirda holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Xabarda o‘simlik dunyosiga qancha miqdorda zarar yetkazilgani ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketilgandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangandi. Keyinroq kesilgan daraxtlar 38 tupi qizil kitobga kiritilgan «Zarafshon archasi», «Shumtol», «Uchkad» va «zarang» nomli daraxtlar ekanligi ma’lum qilindi.