Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan ekologik nazorat reydida 17 tup archaga shikast yetkazilgani aniqlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi “Kon” o‘rmon bo‘limining “Suvlisoy” massivi hududida tabiiy holda o‘sgan 6 tup Zarafshon archasi tag qismidan kesilgan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangan.

noqonuniy дарахт kesish, экология vazirligi

Holat yuzasidan o‘rmon qo‘riqchisi R.J.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish), 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 300 ming so‘m jarima qo‘llangan.

Tabiatga yetkazilgan 18 mln 84 ming so‘m zararni undirish maqsadida hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tuman o‘rmon xo‘jaligiga o‘tkazilgan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jazoni kuchaytirish bo‘yicha parlament tomonidan qabul qilingan qonunni rad etgandi. Hujjat jarimalar miqdori kam bo‘lgani tufayli rad etilgan bo‘lishi mumkin.