Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida xorijiy kompaniya 560 tup daraxtni qo‘porib tashlagan aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, boshqarmaga 9 yanvar kuni tumanning Nazartepa qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ch.M.ning “Indorama agro” MCHJ xorijiy kompaniyasi tomonidan mahalladagi “Navro‘z” hududida har xil turdagi va diametrdagi daraxtlar texnika yordamida ildizlari bilan ko‘chirib o‘tkazilgani to‘g‘risida murojaatnoma kelib tushgan.

noqonuniy daraxt kesish

O‘rganish davomida “Indorama agro” tomonidan jami 560 tup daraxt tartib-qoidalarga amal qilmasdan ko‘chirilgani oqibatida ularga zarar yetkazilgani aniqlandi.

Noqonuniy, ruxsatsiz hamda qoidalariga amal qilinmagani oqibatida tabiatga, o‘simlik dunyosiga 2 milliard 824 million 495 ming so‘m zarar yetkazilgan. Zararni undirish uchun holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.