«navoiy» tegli maqolalar


Navoiyda soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani aytilmoqda
20 noyabr 2022, 10:27

Navoiyda soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani aytilmoqda

Navoiy viloyati soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani xabar qilindi. Ular soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilish uchun 10 ming dollar talab qilgan. Xodimlarga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Navoiyda Lacetti ikki piyodani urib ketdi
18 noyabr 2022, 14:11

Navoiyda Lacetti ikki piyodani urib ketdi

Navoiy shahrida Lacetti ikki nafar piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizildi.

Navoiyda 2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
10 noyabr 2022, 14:24

Navoiyda 2 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Navoiy viloyatida issiqxona qurish uchun mo‘ljallangan 2 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan uch nafar shaxs ushlandi. Hokimlik tomonidan ajratilgan yer uylar qurish uchun sotib yuborilishi oldi olindi.

Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi
9 noyabr 2022, 10:08

Xatirchida bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida bir nechta do‘konlar yonib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida do‘konlarning 120 kv.m maydoni zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Navoiyda erkak 3-qavatdan o‘zini tashlagani aytilmoqda
19 oktabr 2022, 09:20

Navoiyda erkak 3-qavatdan o‘zini tashlagani aytilmoqda

Navbahor tumanida erkak markaziy poliklinika binosining 3-qavatidan o‘zini tashlagani aytilmoqda. SSV uning ikki kun oldin kasalxonaga murojaat qilgani va 18 oktabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini tashlab, vafot etgani ma’lum qildi. BP hodisaning sabablarini aniqlamoqda.

Navoiyda bank xodimlari bankomatdan qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda
6 oktabr 2022, 16:47

Navoiyda bank xodimlari bankomatdan qariyb 100 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda

Navoiyning Navbahor tumanidagi «Turonbank» xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan mablag‘ning qariyb 100 mln so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Zarafshon daryosida 829 dona baliq nobud bo‘lgani aniqlandi
5 sentabr 2022, 12:19

Zarafshon daryosida 829 dona baliq nobud bo‘lgani aniqlandi

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Zarafshon daryosining Karmana tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 829 dona baliq nobud bo‘lganini aniqladi. Bu «Navoiyazot» va «Navoiy IES» korxonalarining daryoga tashlaydigan oqova suvlaridan sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Ekologlar laborator tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

Navoiyda fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
26 may 2022, 16:35

Navoiyda fuqaroni ishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Uchquduq tumanida tanishlari yordamida bir fuqaroni zavodga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs so‘ralgan 5 ming dollarni olayotganida qo‘lga olindi.

Navoiyda sport anjomlari 1,4 mlrd so‘mga qimmat narxda sotib olingani aniqlandi
19 may 2022, 10:10

Navoiyda sport anjomlari 1,4 mlrd so‘mga qimmat narxda sotib olingani aniqlandi

Navoiy viloyati XTB sport anjomlarini haqiqiy bahosidan 787,8 mln so‘mga, viloyatning sobiq turizm va sport bosh boshqarmasi mansabdorlari esa 598,9 mln so‘mga qimmatroq sotib olgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Navoiyda avtobus ag‘darilib ketdi, 5 kishi jarohatlandi
10 may 2022, 12:42

Navoiyda avtobus ag‘darilib ketdi, 5 kishi jarohatlandi

Qiziltepa tumanida ichida 25 kishi bo‘lgan sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi, oqibatda 5 kishi jarohat oldi. Avariyaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Navoiy va Samarqandda 2 ta universitet tashkil etildi
4 aprel 2022, 10:10

Navoiy va Samarqandda 2 ta universitet tashkil etildi

Prezident qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti etib qayta tashkil etildi. Samarqandda esa veterinariya meditsinasi instituti negizida yangi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti ochildi.

O‘zbekiston va FTA sanitariya va chorvachilik loyihalari bo‘yicha ikkita shartnomani imzoladi
31 mart 2022, 11:32

O‘zbekiston va FTA sanitariya va chorvachilik loyihalari bo‘yicha ikkita shartnomani imzoladi

O‘zbekiston hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Navoiy va Qashqadaryoda suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish hamda chorvachilik tarmog‘iga iqlimiy investitsiyalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni amalga oshirishga qaratilgan ikkita bitim imzolandi.

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olayotgan 54 kishi qo‘lga olindi
25 fevral 2022, 12:14

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olayotgan 54 kishi qo‘lga olindi

Navoiy viloyatidagi Lolazor eski tilla konlarida Navoiy, Samarqand va Buxorodan kelgan 54 nafar fuqaro litsenziyasiz oltin qazib olayotgani vaqtida ushlandi. Ular qazib olgan, tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qum esa tekshiruv uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborildi. Avvalroq, ayni shu hududda 4 kishini qum bosib qolgandi.

Bobosi bilan eskalatordan qulab tushgan 3 yoshli bolaning ahvoli yaxshilanyapti — SSV
23 fevral 2022, 13:36

Bobosi bilan eskalatordan qulab tushgan 3 yoshli bolaning ahvoli yaxshilanyapti — SSV

SSV Navoiydagi savdo majmuasida 5 va 4 qavat oralig‘idagi eskalatordan bobosi bilan qulab tushgan 3 yoshli bolaning umumiy holati yaxshilanib borayotganini ma’lum qildi. Standart bo‘yicha muolajalar davom ettirilyapti. U yaqin kunlarda reanimatsiyadan bolalar bo‘limiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Navoiyda «Turizm ko‘chasi» bunyod etiladi
8 yanvar 2022, 10:31

Navoiyda «Turizm ko‘chasi» bunyod etiladi

Navoiy shahrida sayyohlar uchun qiymati 13,7 mlrd so‘mlik «Turizm ko‘chasi» qurilishi boshlandi. Loyihaga ko‘ra, hududga yangi granit toshlari yotqiziladi, piyoda va velosiped yo‘laklari, selfi hududlar, mahalliy aholi va sayyohlar uchun ovqatlanish joylari bunyod etiladi.

Besh yil ichida O‘zbekiston YAIMni kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda — prezident
27 avgust 2021, 13:01

Besh yil ichida O‘zbekiston YAIMni kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda — prezident

Yaqin 5 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishni 1,5 barobarga oshirishni va YAIMni kamida 100 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Shu munosabat bilan, elektr ta’minoti uchun 6,5 mlrd dollarlik 19 ta loyiha bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar joriy etiladigan minglab sanoat korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Navoiyda gaz quyish shoxobchasidagi portlashda to‘rt kishi jarohatlandi
13 avgust 2021, 08:31

Navoiyda gaz quyish shoxobchasidagi portlashda to‘rt kishi jarohatlandi

Navoiydagi gaz quyish shoxobchasida yuk avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Natijada to‘rt kishi jarohatlandi.

Navoiyda Cobalt yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi
29 iyun 2021, 09:58

Navoiyda Cobalt yuk avtomashinasi bilan to‘qnashdi. 2 kishi halok bo‘ldi

Navoiy viloyatida Cobalt Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi.

Navoiyda YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
6 may 2021, 14:02

Navoiyda YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida Tracker-2 rusumli avtomashina YTH sodir etishi natijasida, 2 nafar fuqaro voqea joyida, 1 nafar fuqaro shifoxonada vafot etdi.

«Sen o‘g‘il farzand tug‘maysan». Senator navoiylik ayol o‘limi tafsilotlarini o‘rgandi
27 mart 2021, 20:58

«Sen o‘g‘il farzand tug‘maysan». Senator navoiylik ayol o‘limi tafsilotlarini o‘rgandi

Senator Malika Qodirxonova Navoiyda qizlari bilan birgalikda poyezd ostiga o‘zini tashlagan 31 yoshli ayol o‘limi tafsilotlarini o‘rgandi. Ma’lum bo‘lishicha, ayolning eri o‘g‘il tug‘mayotganini ro‘kach qilib janjallashib turgan. Yanvarda ayol navbatdagi homilasining ham qizligini bilib, abort yo‘li bilan undan voz kechgan ekan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting