Navoiy viloyatida Tracker-2 rusumli avtomashina YTH sodir etdi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB Matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov «Zamon» dasturiga ma’lum qildi.

Hodisa 3 may kuni soat 21:00 larda Qiziltepa tumani hududidan o‘tgan «Kogon-Qiziltepa-Toshrobod-Yangiqurg‘on» davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘ldan «Kogon-Qiziltepa» yo‘nalishida sodir bo‘lgan. Mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Tracker-2 rusumli avtomashinasini «Kogon-Qiziltepa» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borib, avtomashina tezligini oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, avtomashina yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darigan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada 2 nafar fuqaro voqea joyida, 1 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.