Navoiy viloyatida Cobalt va yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida 2 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, 27 iyun kuni soat 14:30 atrofida Navoiy viloyati Konimex tumani xududidan o‘tgan Navoiy-Zarafshon-Uchquduq yo‘nalishida (1995 y.t.) fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasida harakatlanib kelayotganda rulda uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan.

Cobalt o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha qarama qarshi yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi va yonidagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Hozirda Konimex tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.