«namangan» tegli maqolalar


Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi
4 avgust 2023, 09:18

Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi

Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy bog‘chasida 15 nafar bola tug‘ilgan kun uchun olib kelingan tortdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, hozirda bolalarning hammasi sog‘lom va ular yana bog‘chaga qaytarilgan.

Namanganda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda
3 avgust 2023, 10:54

Namanganda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Namangan shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkorning yopib qo‘yilgan hisobraqamini ochib berish evaziga 2000 dollar pora talab qilgani, pulni olishda yurist (sobiq DSI xodimi) yordamlashgani aytilmoqda. Hozirda 2 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Namangandagi daryolarda cho‘kib ketgan 4 kishi qidirilmoqda
25 iyul 2023, 11:25

Namangandagi daryolarda cho‘kib ketgan 4 kishi qidirilmoqda

Namanganda Katta Andijon kanali, Qoradaryo va Sirdaryo daryolarida cho‘kib ketgan 4 kishi — ikki nafar bola va ikki nafar erkak qidirilmoqda.

Namanganda talaba yigit Norin daryosida cho‘kib ketdi
6 iyun 2023, 17:20

Namanganda talaba yigit Norin daryosida cho‘kib ketdi

Uychi tumanida talaba yigit Norin daryosida cho‘milishga borib, cho‘kib ketgani aytilmoqda. Hozirda viloyat FVB tomonidan qiduruv ishlari olib borilmoqda.

Namanganda erkak o‘zi va sobiq xotinini pichoqlashi oqibatida ayol vafot etdi
6 may 2023, 15:01

Namanganda erkak o‘zi va sobiq xotinini pichoqlashi oqibatida ayol vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro 23 yoshli sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Shundan so‘ng o‘ziga ham pichoq urgan erkak shifoxonaga olib ketildi. Bosh prokuratura ular 2022-yilda ajrashgani, ammo majburan birga yashab kelganini bildirdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda reklama banneri 26 yoshli erkak ustiga quladi
2 may 2023, 18:13

Namanganda reklama banneri 26 yoshli erkak ustiga quladi

Namangan shahrida fundamentidan o‘pirilgan reklama banneri mashina va bir erkak ustiga quladi. Bosh prokuratura fuqaro shifoxonaga olib ketilgani va holat bo‘yicha tekshirish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Namangan shahridagi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 aprel 2023, 16:57

Namangan shahridagi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Davlatobod tumanida ohak ishlab chiqaruvchi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Namanganda yosh qizni zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
12 aprel 2023, 20:41

Namanganda yosh qizni zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan viloyatida voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanib qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u yashash xonadonining yerto‘lasidan topilgan. Hozirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Namanganda MIB xodimiga pichoq bilan tashlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12 aprel 2023, 10:03

Namanganda MIB xodimiga pichoq bilan tashlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

To‘raqo‘rg‘on tumanida erkak uyiga 27 mln so‘mlik bank krediti va boshqa qarzlarini undirish uchun kelgan MIB xodimiga pichoq bilan tashlandi. Xodim o‘zini himoya qilib, o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat oldi. Holat bo‘yicha fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aytilgan erkak qidirilmoqda
11 aprel 2023, 12:49

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aytilgan erkak qidirilmoqda

IIV Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv e’lon qildi. Tarmoqlarda uni qo‘lga olish maxsus tadbiri aks etgan video tarqalgandi. Vazirlik erkakning ruhiy xastaligi va “nihoyatda tajovuzkorligi” sababli uni uchratganlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.

Namanganda yil boshidan beri 152 marta qoida buzgan mashina aniqlandi
11 aprel 2023, 12:24

Namanganda yil boshidan beri 152 marta qoida buzgan mashina aniqlandi

Namangan shahrida 2023-yil boshidan beri 152 marta qoidabuzarlik qayd etilgan Hyundai aniqlandi. Jarimalarning umumiy summasi 410 million so‘mga teng.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
15 mart 2023, 12:24

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16−23 mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Namanganda o‘zini kanalga tashlagan 54 yoshli erkak halok bo‘ldi
14 mart 2023, 12:50

Namanganda o‘zini kanalga tashlagan 54 yoshli erkak halok bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘onlik erkak o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab, halok bo‘ldi. 54 yoshli fuqaroning nega bunday qilgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Namanganda Spark kanalga tushib ketdi
3 mart 2023, 17:35

Namanganda Spark kanalga tushib ketdi

Uchqo‘rg‘on tumanida Spark avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina chiqarib olindi, hech kimga jarohat yetmagan.

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi
28 fevral 2023, 10:15

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi

Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

Namanganda qoidabuzarliklarni aniqlovchi Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi
30 yanvar 2023, 16:30

Namanganda qoidabuzarliklarni aniqlovchi Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi

Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda
26 yanvar 2023, 11:27

Namangan va Samarqandda tadbirkorlar jami 3 mlrd so‘mga yaqin kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda

Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi
24 yanvar 2023, 09:50

Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug‘ildi

Namanganda YPX avtomobilida tug‘uruqxonaga olib ketilayotgan ayol qiz farzand ko‘rdi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab ona-bolaning salomatligiga hech qanday ziyon yetmadi.

Namanganda 3 ta fura to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
16 yanvar 2023, 09:28

Namanganda 3 ta fura to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Pop tumanida 3 ta MAN yuk avtomobili to‘qnashib, yong‘in yuz berdi. Yong‘inni salkam bir soat davomida 4 ta qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi
13 yanvar 2023, 11:42

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi

Namangan tumanidagi xonadonlarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 9 yoshli farzandi kuyish jarohatini oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting