Namangan viloyatida xizmat olib borayotgan YPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar bermoqda YHXX matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 4P-112 Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lining 20 kilometrida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati YHXB YPX 5-safarbarlik guruhi xodimlariga yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt avtomashina ichidan ayol kishi tushib, kelinini tug‘rquxonaga olib borishda ko‘mak so‘ragan.

Ayol xizmat mashinasida olib ketilayotgan vaqtda holati yomonlashgan, bola tug‘ilishi yaqinlashayotganini sezgan xodimlar tez yordamni ham kutmay tug‘ruqxona tomon harakatni davom ettirgan. Ammo chaqaloq manzilga yetib ulgurmay YPX avtomobilida dunyoga kelgan.

Shifokorlar tomonidan zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ona va qizning salomatligiga hech qanday ziyon yetmagan.