Namangan shahri Davlatobod tumanidagi korxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” kompaniyasi matbuot xizmati.

Nam Smart Servis kompaniyasiga qarashli obyekt ohak ishlab chiqarish uchun tarmoqqa yashirincha ulangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy qiymati 4 milliard so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanilgan.

gazdan noqonuniy фoyдаланиш, наманган, давлатобод тумани

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Quvasoyda to‘qqiz oy davomida noqonuniy ravishda gaz ishlatilib, 18 million kub metrdan ortiq gaz sarflangan ohak ishlab chiqaruvchi korxona aniqlangan edi. Yetkazilgan zarar 18,3 milliard so‘mni tashkil etgan.