15 yanvar kuni Pop tumani «Qo‘shminor» MFY hududida soat 16:09 da ketma-ket harakatlanib ketayotgan 3 ta MAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, birinchi yuk avtomobili yonilg‘i tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazut, ikkinchi avtomobilga ko‘mir, uchinchi avtomobilga esa bo‘yoq ortilgan bo‘lgan.

Chaqiruvga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:33 da qurshab olingan va soat 17:20 da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida yuk avtomobillarida bo‘lgan 3 fuqaro halok bo‘lgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari, tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Hozirda IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmdagi YTHlarda 3 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida 12 yanvar kuni tunda 17 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda bir haydovchi va bir piyoda kasalxonaga yotqizilgan.