«namangan» tegli maqolalar


Uychi tumanining 4 ta sektor rahbari lavozimidan ozod qilindi
19 fevral 2021, 13:58

Uychi tumanining 4 ta sektor rahbari lavozimidan ozod qilindi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yig‘ilishida prezident Uychi tumani 4 ta sektor rahbarlari — tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i hamda tuman bosh soliqchisini vazifasidan ozod qilishga ko‘rsatma berdi.

Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekistonga 500 ming vaksina olib beradi
19 fevral 2021, 11:18

Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekistonga 500 ming vaksina olib beradi

Alisher Usmonov o‘z hisobidan O‘zbekiston xarid qilayotgan 1 mln vaksinadan teng yarmini olib beradi. Birinchi bosqichda 1 mln vaksina olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

«Namanganliklar tartib-intizomni yaxshi ko‘radi» — Shavkat Mirziyoyev
19 fevral 2021, 09:41

«Namanganliklar tartib-intizomni yaxshi ko‘radi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini va uning aholisini nega boshqa hududlarga namuna sifatida ko‘rsatishi haqida gapirdi. «Namanganliklarda tadbirkorlik, birlashish, natijaga ishlash degan odat bor. Ish uslubi madaniyati juda yuqori», — dedi u. Davlat rahbari pandemiya davrida viloyatning yalpi ishlab chiqishi 5 foizdan oshganini qayd etib, «hech qaysi viloyatda bunday natija bo‘lmaganini» aytdi.

BAAning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga investitsiyasi oshadi — BAAlik investor prezidentga
18 fevral 2021, 15:30

BAAning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga investitsiyasi oshadi — BAAlik investor prezidentga

Prezident Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan BAAning «Sura General investment» korxonasi rahbari Abdulbariya Aymanga «BAA bilan do‘stlik ko‘prigimizga juda katta hissa qo‘shganingizdan minnatdorman», dedi. Tadbirkor O‘zbekistonga may oyida amirliklardan investorlarning katta guruhini olib kelishini ta’kidladi.

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi
13 fevral 2021, 14:55

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi

Namangan shahrida avtobus haydovchisi bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirgan. Eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi, eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan va voqea joyida vafot etgan.

Namanganda sodir etilgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
11 fevral 2021, 13:48

Namanganda sodir etilgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Namangan shahrida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Lacetti katta tezlikda reklama ustuniga borib urildi. Buning oqibatida, haydovchi va mashina ichidagi ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.

Namanganda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi
3 fevral 2021, 09:53

Namanganda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Kechasi Namanganda 4 balli zilzila qayd etildi. Uning epitsentri Namangan viloyatining Chortoq tumanida bo‘lgan.

Namanganda gaz uchun navbatda turgan «Damas» yonib ketdi (video)
11 yanvar 2021, 10:06

Namanganda gaz uchun navbatda turgan «Damas» yonib ketdi (video)

To‘raqo‘rg‘on tumanida gaz quyish shoxobchasiga kirish uchun navbatda turgan «Damas»da yong‘in yuzaga keldi. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi
16 dekabr 2020, 22:57

Namanganda MAN va Nexia to‘qnashuvida olti kishi vafot etdi

Namanganda MAN yuk avtomashinasi chorrahada Nexia bilan to‘qnashdi. Olti kishi vafot etdi, ulardan uch nafari voyaga yetmaganlar.

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi
7 oktabr 2020, 15:56

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari vafot etdi

Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Bahromjon Nurmatov vafot etdi. «Gazeta.uz» manbasining xabar berishicha, hokim o‘rinbosari COVID-19 dan davolanayotgan bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva
5 oktabr 2020, 23:08

«Deputatlar so‘rovchi emas, talab qiluvchi bo‘lishi kerak» — Tanzila Narbayeva

Senat rahbari Tanzila Narbayeva Namanganga safari vaqtida tuman hokimlarini «yaxshi» reyting baholarini olgan hududlardan o‘rnak olishga, deputatlarni esa yanada talabchan bo‘lishga chaqirdi.

Ikki erkakni do‘pposlagan namanganlik qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytdi
10 sentabr 2020, 15:01

Ikki erkakni do‘pposlagan namanganlik qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytdi

Namangan viloyatida ikki erkakni do‘pposlagan qiz o‘z sha’nini himoya qilganini aytmoqda. Qizning ma’lum qilishicha, erkaklar uni masxaralab, onasini so‘kkan.

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi
8 sentabr 2020, 12:25

Namanganda yangi tuman tashkil etiladi

Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Davlatobod tumanining umumiy maydoni — 4 686 gektar bo‘lib, uning tarkibiga Namangan shahrining 25 ta mahallasi o‘tkaziladi.

Norin tumanida daryoni kesib o‘tish uchun vaqtinchalik ko‘prik qurildi
11 avgust 2020, 18:16

Norin tumanida daryoni kesib o‘tish uchun vaqtinchalik ko‘prik qurildi

Namangan viloyatining Uychi hamda Norin tumanlari orasini bog‘lovchi «Norindaryo» ko‘prigi qurib bitkazilgunga qadar Mudofaa vazirligi harbiylari aholi uchun vaqtinchalik ko‘prik ko‘tardi. Ko‘prikni ta’mirlash ishlarini sentyabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Namanganda 1 kunda 2 ta YTH sodir bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi
4 avgust 2020, 18:39

Namanganda 1 kunda 2 ta YTH sodir bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi

Namanganda Tracker yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli bolani urib yubordi. Boshqa bir YTHda esa «Moskvich» qarama-qarshidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Bola va Nexia haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi.

Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
28 iyul 2020, 15:56

Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Namanganda Cobalt va tez yordam mashinalari to‘qnashuvi natijasida bir nafar fuqaro vafot etdi va yana ikki fuqaro turli darajalardagi tan jarohatlari olishdi.

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi
9 iyul 2020, 12:04

Qamchiqda Isuzu jarlikka ag‘darilib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Pop tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetidagi jarga ag‘darilib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Namangan viloyat SEOM mansabdorlari 248,9 so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi
7 iyul 2020, 11:52

Namangan viloyat SEOM mansabdorlari 248,9 so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-taroj qildi

Namangan viloyat SEOM mansabdor shaxslarining dezinfeksiya vositalarini aslidan qimmat narxlarga sotib olib, 248,9 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi. Avvalroq Navoiy va Buxoro viloyat SEOM mansabdorlari ham xuddi shu yo‘l bilan jinoyat sodir etgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting