6-iyun kuni Namangan viloyati Uychi tumanida yigit daryoga cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 13:00 atrofida viloyat FVBga Uychi tumani hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosiga cho‘milish maqsadida borgan fuqaro ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng boshqarmaning yong‘in-qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Hozirda suvosti va suvusti qiduruv ishlarini olib borilmoqda, deyiladi xabarda.