Namangan viloyatining Namangan tumanida xonadonlarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat FVB.

13 yanvar kuni soat 02:30 larda Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Namangan tumani «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini xududidagi xonadonlarning birida portlash sodir bo‘ldi.

Portlash oqibatida xonadon egasi, 1992 yilda tug‘ilgan ayol 70% hamda u bilan birga yashovchi farzandi 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘li 8% kuyish tan jaroxati oldi. Portlashdan so‘ng yong‘in sodir bo‘lmagan, uyning derazasi joyidan ko‘chgan.

Portlash sababi o‘rganilganda yashash uyiga o‘rnatilgan o‘tin va tabiiy gazga moslashtirilgan tunika isitish pechiga tabiiy gazdan foydalanishi va gaz jo‘mragi ochiq qolgani, buning natijasida fuqaro chiroqni yoqish oqibatida gaz va havo aralashmasi tufayli chaqnash sodir bo‘lgani aniqlangan.

Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilmagan.