Namangan shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va MCHJ yuristi pora olganlikda gumonlanib, ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari umumiy ovqatlanish shoxobchasining yopib qo‘yilgan hisobraqamini ochib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u boshqa bir tashkilot yuristi orqali tadbirkordan 2000 dollar pora talab qilgan. Yurist ham o‘z vaqtida soliq inspeksiyasida faoliyat yuritgan.

Yurist tadbirkordan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yurist esa 28, 210-moddalari (Jinoyatda ishtirokchilik, Pora olish) bilan tergovga jalb qilingan.