«koronavirus» tegli maqolalar


28 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
9 iyul 2020, 16:48

28 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 28 yoshli jizzaxlik bemor (ayol) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u uy sharoitida davolanib yurgan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 49 nafarga yetdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi
9 iyul 2020, 16:41

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqdi

Toshkent hokimi karantin talablari kuchaytirilayotgani sababli poytaxt aholisini beparvo bo‘lmaslikka, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka, onlayn xizmatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, hokim uy sharoitida davolanayotgan va karantinga olingan bemorlarga tibbiy maslahat ko‘rsatuvchi 1105 raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

Toshkentlik 51 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
9 iyul 2020, 16:28

Toshkentlik 51 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 51 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 48 nafarga yetdi.

Serbiyaning bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
9 iyul 2020, 15:34

Serbiyaning bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

8 iyul kuni kechqurun Serbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari, bir necha ming kishi, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan va xukumatning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan harakatlaridan noroziligini bildirdi.

“Bizda yotoq-joylar va dori-darmonlar zaxirasi yetarli” — Xabibulla Oqilov
9 iyul 2020, 14:27

“Bizda yotoq-joylar va dori-darmonlar zaxirasi yetarli” — Xabibulla Oqilov

Koronavirusga qarshi kurash shtabining vakili Xabibulla Oqilovning aniqlik kiritishicha, O‘zbekistonda dori-darmonlar va yotoq-joylar zaxirasi yetarli, ammo agar hozirgi kunlik o‘sish ko‘rsatkichi saqlanib qolsa, ular yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi
9 iyul 2020, 13:35

Koronavirus O‘zbekistonga 15 martdan avvalroq kirib kelgani ehtimoli istisno qilinmadi

“O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15 martda qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligini inkor etmaymiz” — Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov.

Koronavirus bemorlari soni 11259 nafarga yetdi (+167)
9 iyul 2020, 10:27

Koronavirus bemorlari soni 11259 nafarga yetdi (+167)

Koronavirus bemorlari soni 167 nafarga ortib, jami 11259 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida, Toshkent shahrida, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida qayd etildi. Shundan 72 nafari aholi orasida.

Koronavirus bemorlari orasida yana ikki nafar o‘lim holati qayd etildi
9 iyul 2020, 10:10

Koronavirus bemorlari orasida yana ikki nafar o‘lim holati qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari orasida ikki nafar o‘lim holati qayd etildi. Buxoro viloyatida 40 yoshli Afg‘oniston fuqarosi, Toshkent shahrida 83 yoshli onaxon vafot etishgan.

Kun davomida rekord darajada — 422 kishida koronavirus aniqlandi
9 iyul 2020, 00:05

Kun davomida rekord darajada — 422 kishida koronavirus aniqlandi

8 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar, davolanganlar va o‘lim ko‘rsatkichlari rekord natijani qayd etdi.

COVID-19: 45-o‘lim Toshkentda qayd etildi
8 iyul 2020, 23:50

COVID-19: 45-o‘lim Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 45 nafarga yetdi. Toshkentda 72 yoshli ayol COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tdi.

“Biz ularni, albatta, qaytaramiz”. Prezident — chegaralarda qolib ketgan o‘zbekistonliklar haqida
8 iyul 2020, 23:40

“Biz ularni, albatta, qaytaramiz”. Prezident — chegaralarda qolib ketgan o‘zbekistonliklar haqida

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qozog‘iston va Rossiya-Qozog‘iston chegaralarida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarishga va’da berdi. Avvalroq chegaralarda 5000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining qolib ketgani xabar qilingan edi.

Nukus va Navoiyda koronavirus bemorlari vafot etdi
8 iyul 2020, 23:21

Nukus va Navoiyda koronavirus bemorlari vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda 56 yoshli ayol, Navoiyda 52 yoshli erkak koronavirus sababli hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 44 nafarga yetdi.

Qozog‘istonda 13 iyul motam kuni deb e’lon qilindi
8 iyul 2020, 20:56

Qozog‘istonda 13 iyul motam kuni deb e’lon qilindi

13 iyul Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari uchun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. So‘nggi kunlarda mamlakatda vafot etganlar soni bo‘yicha rekordlar qayd etilmoqda.

Koronavirus holatlari 11000 taga yaqinlashdi
8 iyul 2020, 17:56

Koronavirus holatlari 11000 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 144 taga oshib, 10982 taga yetdi. Ularning katta qismi — 113 tasi Toshkentda aniqlandi.

Xabibulla Oqilov — «koronaskeptiklar» haqida
8 iyul 2020, 17:27

Xabibulla Oqilov — «koronaskeptiklar» haqida

Professor Xabibulla Oqilov koronavirusning borligiga shubha bilan qarayotgan, ushbu infeksiyaga chalingan birorta ham tanish insonlar yo‘q, deb iddao qilayotganlarga javob qaytardi. Uning ta’kidlashicha, odamlar buni juda jiddiy qabul qilishlari va bor-yo‘g‘i oddiy gigiyena, o‘z-o‘zini saqlashning birlamchi qoidalariga rioya qilishlari kerak xolos.

“Davolash emas, balki uy sharoitida kuzatuv”. Asoratlarsiz bemorlar uyda qanday kuzatib boriladi
8 iyul 2020, 16:28

“Davolash emas, balki uy sharoitida kuzatuv”. Asoratlarsiz bemorlar uyda qanday kuzatib boriladi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Xabibulla Oqilov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida uyda davolanayotgan asoratlarsiz COVID-19 bemorlarining kuzatuvi qanday tashkil etilishi, ularni qachon kasalxonaga yotqizish kerakligi va ular bilan yashaydigan qarindoshlari nima qilishi lozimligi haqida gapirdi.

Toshkentda yana bir koronavirus bemori vafot etdi
8 iyul 2020, 16:26

Toshkentda yana bir koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 64 yoshli toshkentlik bemor (erkak kigi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 42 nafarga yetdi.

“Respublikaning barcha hududlari “qizil hudud”ga aylantirildi” — Shohrux G‘iyosov
8 iyul 2020, 16:17

“Respublikaning barcha hududlari “qizil hudud"ga aylantirildi” — Shohrux G‘iyosov

Mamlakatning barcha hududlari “qizil” zonaga o‘tkaziladi. Stikerli avtomobillarning harakatlanishiga ruxsat beriladi, ammo masala hali ko‘rib chiqiladi.

“Statsionarlarda yotoq-joylar qolmadi” — Xabibulla Oqilov
8 iyul 2020, 15:53

“Statsionarlarda yotoq-joylar qolmadi” — Xabibulla Oqilov

Shifoxonalarda COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar uchun mo‘ljallangan yotoq-joylar qolmadi. Agar kuniga 1000 ta holat aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi butunlay qulaydi, dedi koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Xabibulla Oqilov.

“To‘rtta to‘yda 110 ta kasallangan aniqlandi” — Sog‘liqni saqlash vaziri
8 iyul 2020, 14:09

“To‘rtta to‘yda 110 ta kasallangan aniqlandi” — Sog‘liqni saqlash vaziri

Koronavirus bemorlari orasida o‘lim sonining oshishiga 50 foiz holatlarda shifokorlarga kech murojaat qilganlik sabab bo‘lmoqda, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vaziri. Alisher Shodmonov alomatlarsiz bemorlarni uyda davolash hamda sog‘liqni saqlash tizimi koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga qanchalik tayyor ekanligi to‘g‘risidagi masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting