Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 13 iyulni Qozog‘istonda koronavirus qurbonlari uchun milliy motam kuni deb e’lon qildi, deya xabar berdi Tengrinews.kz.

“Men 13 iyulni pandemiya qurboni bo‘lgan qozog‘istonliklar uchun motam kuni deb e’lon qilishga qaror qildim. Ishonamanki, ushbu kun qayerda bo‘lmaylik, har birimiz u bizni tark etganlarni xotirlaymiz”, — dedi Tokayev.

Qozog‘iston prezidenti barcha vatandoshlarni qozog‘istonliklarning boshiga tushgan sinovlar oldida qat’iyatli, xotirjam va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etganlar soni 264 nafarga yetdi. Umumiy kasallik kayd etilgan holatlar soni yesa 51 mingdan oshgan.