«koronavirus» tegli maqolalar


O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirildi
8 iyul 2020, 12:50

O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytirildi

10 iyuldan 1 avgustga qadar O‘zbekistonda karantin cheklovlari kuchaytiriladi. Respublika hududida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Davlat organlari va tashkilotlarning mehnat faoliyati maksimal darajada masofadan turib tashkil etiladi. Parklar, buyum bozorlari, sport zallari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyati to‘xtatiladi. Xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi.

Braziliya prezidentida koronavirus tasdiqlandi
8 iyul 2020, 11:06

Braziliya prezidentida koronavirus tasdiqlandi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga topshirgan test natijalari ijobiy chiqdi. U uydan turib o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

Koronavirus bemorlari soni 10800 nafardan oshdi
8 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10800 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 168 nafarga ortib, jami 10838 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida va 7 nafari Namangan viloyatida qayd etildi. Shundan 38 nafari aholi orasida.

“O‘zsanoatqurilishbank” Navoiy filiali rahbari o‘rinbosari vafot etdi
7 iyul 2020, 18:34

“O‘zsanoatqurilishbank” Navoiy filiali rahbari o‘rinbosari vafot etdi

Navoiyda “O‘zsanoatqurilishbank” filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari X. Sh. vafot etdi. Unda koronavirus aniqlangan edi.

Yana 128 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 10587)
7 iyul 2020, 18:01

Yana 128 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 10587)

Koronavirus holatlari 128 taga ko‘payib, jami 10587 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 112 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Qoraqalpog‘istonda, 2 nafardan Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlandi. Shundan 34 nafari aholi orasida qayd etildi.

Toshkentlik 79 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
7 iyul 2020, 17:51

Toshkentlik 79 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 79 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, u shifokorlarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 39 nafarga yetdi.

Jizzaxda karantin talablari kuchaytiriladi — tadbirlar ro‘yxati
7 iyul 2020, 17:04

Jizzaxda karantin talablari kuchaytiriladi — tadbirlar ro‘yxati

Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar soni ortib borayotgani sababli Jizzax shahrida karantin choralari kuchaytiriladi. Xususan, shaharga kirish va chiqishda ko‘shimcha postlar tashkil etiladi, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi cheklanadi.

Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi
7 iyul 2020, 14:49

Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

Jizzax shahar hokimligi xodimida koronavirus aniqlangani sababli hokimlik binosi karantinga olingan. Ayni paytda hokimlik xodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirishmoqda.

«Abu Saxiy» savdo markazi vaqtinchalik yopildi
7 iyul 2020, 14:37

«Abu Saxiy» savdo markazi vaqtinchalik yopildi

Chilonzorda joylashgan «Tashkent Trade Center» (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Savdo markazi vaqtinchalik yopildi.

Charter reysi bilan Janubiy Koreyaga ishga qaytgan fuqaroda koronavirus aniqlandi
7 iyul 2020, 12:09

Charter reysi bilan Janubiy Koreyaga ishga qaytgan fuqaroda koronavirus aniqlandi

Koreya Respublikasidan ta’tilga kelib, charter reys orqali Seulga qaytgan fuqarolardan birida koronavirus aniqlandi.

Samarqandlik 61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
7 iyul 2020, 11:00

Samarqandlik 61 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 61 yoshli samarqandlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 38 nafarga yetdi.

Koronavirus bemorlari soni 10459 nafarga yetdi
7 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10459 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 97 nafarga ortib, jami 10459 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 35 nafari Karantin markazida, 59 nafari Toshkent shahrida va 3 nafari Qoraqalpog‘istonda aholi orasida aniqlangan.

Kunlik koronavirus holatlarining o‘sish rekordi yangilandi
7 iyul 2020, 01:25

Kunlik koronavirus holatlarining o‘sish rekordi yangilandi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlarining kunlik o‘sishi 342 tani tashkil etib, rekord yangilandi. Jami holatlar soni 10362 taga yetdi. 115 ta holat aholi orasida qayd etildi.

Yana 141 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 10284)
6 iyul 2020, 17:05

Yana 141 nafar kishida koronavurus aniqlandi (jami — 10284)

Koronavirus holatlari yana 141 taga ko‘payib, jami 10284 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 75 nafari aholi orasida qayd etildi.

Toshkentlik 43 yoshli koronavirus bemori vafot etdi
6 iyul 2020, 16:44

Toshkentlik 43 yoshli koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 43 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 36 nafarga yetdi.

172 nafar bemorda pnevmoniya jarayoni kuzatilmoqda
6 iyul 2020, 14:37

172 nafar bemorda pnevmoniya jarayoni kuzatilmoqda

Koronavirusga qarshi kurashayotgan bemorlarning 172 nafarida pnevmoniya jarayoni kuzatilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bemorlarning 285 nafarining ahvoli o‘rta og‘ir, 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi
6 iyul 2020, 13:53

Tuman va shaharlar kesimida karantin hududlari ro‘yxati yangilandi

Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent “sariq” hududda qoldi.

Toshkentlik 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi
6 iyul 2020, 10:10

Toshkentlik 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli toshkentlik bemor (erkak kishi) o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Ta’kidlanishicha, marhum 26 iyundan tomog‘ida og‘riq, tana harorati ko‘tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 35 nafarga yetdi.

Koronavirus bemorlari soni 10143 nafarga yetdi
6 iyul 2020, 10:02

Koronavirus bemorlari soni 10143 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 123 nafarga ortib, jami 10143 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 43 nafari Karantin markazida, 60 nafari Andijon viloyatida va 20 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 10 mingdan oshdi
6 iyul 2020, 00:10

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 10 mingdan oshdi

O‘zbekistonda kun davomida 312 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 10 mingtadan oshdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting