Respubika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustga qadar O‘zbekistonda karatin cheklovlari kuchaytiriladi. Bu haqda Koronavirus Info rasmiy kanali xabar berdi.

Qarorga binoan, respublika miqyosida:

  • avtotransport vositalarining harakatini cheklanadi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.
  • davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi.
  • hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini тақиқланади (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
  • tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, oilaviy, to‘y hamda boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlanadi;
  • 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishini cheklanadi.

Ushbu davr mobaynida quyidagi ob’ektlar faoliyati to‘xtalidi:

  • parklar va istirohat bog‘lari;
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
  • sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;
  • tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
  • umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona), yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno.
  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari.

Bundan tashqari, xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi. Xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari haydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi.

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Sanitariya- epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi ikki kun muddatda respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash tartibi yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritishi aytilgan.