6 iyul kuni soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10587 nafarni tashkil etmoqda, deya ma’lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida (shundan 84 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida), 11 nafari Қорақалпоғистонда (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida), 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Hozirgacha kun davomida mamlakatda 225 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 6690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.