O‘zbekistonda kun davomida aniqlanayotgan COVID-19 koronavirusi holatlari sonining o‘sishi bo‘yicha rekord yangilandi. Tasdiqlangan holatlarning umumiy soni 10362 taga yetdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shundan 204 nafari karantin muassasalarida, 116 nafari aholi orasida, 22 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Shu bilan birga, Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

Shu bilan birga, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 106 nafar fuqaro sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10362 nafar bemordan 6690 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3635 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.