Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirus infeksiyasiga topshirgan test natijalari ijobiy chiqdi.

Ushbu masala yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, u o‘zini yaxshi his qilmoqda va hozirda uydan turib o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Bolsonaru COVID-19 ga qarshi muolaja sifatida bezgakka qarshi dori vositasi bo‘lgan gidroksixlorokinni qabul qilayotganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Braziliya prezidenti ushbu kasallikni gripdek his qilinishini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot uchun, gidroksixlorokin dori vositasining COVID-19 ga qarshi ishlatilganda samarali bo‘lishi mutaxassislar tomonidan isbotlanmagan.

AQSHning Jons Xopkins instituning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Braziliyada 1,66 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.