Jizzaxda shahar hokimligining bir nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Jizzax shahri hokimligining binosi karantin olingan, deya xabar berdi shahar hokimligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Jizzax shahrida koronavirus infeksiyasining ko‘payganligi munosabati bilan hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida shahar hokimi A.Shukurov topshirig‘i bilan hokimlik xodimlari COVID-19 testidan o‘tkazildi.

«O‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Ammo „Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi“ Jizzax shahar bo‘limining 1 nafar xodimida COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli „Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi“ Jizzax shahar bo‘limi va shahar hokimligi binosi karantinga olindi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, ayni paytda hokimlik xodimlari o‘z ishlarini masofadan turib davom ettirishmoqda.