6 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10143 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Andijon viloyatida (shundan 58 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 20 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3524 kishi davolanmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 34 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.