6 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10459 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin марказидаги fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 59 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘istonda aholi orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3732 kishi davolanmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 6690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 37 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.