5 iyul kuni O‘zbekistonda 312 ta holatda koronavirus kasalligi qayd etilib, jami holatlar soni 10020 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shundan 190 nafari Karantin muassasalarida, 121 nafari aholi orasida (shundan 84 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida), 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida orasida aniqlangan.

Shu bilan bir qatorda, kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 159 nafar fuqaro sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10020 nafar bemordan 6584 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 65 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3402 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 42 895 nafar, statsionar karantinda esa 25 021 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.