Prezident dushanba kuni Toshkent va Jizzax viloyatlari hamda poytaxtda avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga oid loyihalar bilan tanishdi. Unga ko‘ra, «Toshkent-Chinoz» avtomobil yo‘lining 10 km qismini ta’mirlab, 5 dona yerosti o‘tish yo‘lagini bunyod etish, Jizzax shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida 210 metrli yo‘l o‘tkazgich barpo etish, qolaversa, Toshkentdagi Temur Malik ko‘chasini 6 tasmali etib qayta qurish rejalashtirilmoqda.
DXX Bekobod shahar hokimligining bosh mutaxassisini maktabgacha ta’lim muassasasi binosini xususiylashtirish va shahar hududidan 1 gektar yer maydoni olib berish evaziga 128 ming dollar olgan vaqtida ushladi. Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi.
Yangi yil munosabati bilan 5 kun dam oladigan o‘zbekistonliklar, ijtimoiy tarmoqlar haqida fikr bildirgan Jahongir Ortiqxo‘jayev va Ruslanbek Davletov, 4 ta avtomobilga ariza qabul qilishni fevralgacha to‘xtatgan UzAuto Motors, ko‘chalarini suv bosgan Namangan, hokimga savol bermaslik haqida ogohlantirilgan jizzaxlik deputatlar, PayPal tizimi joriy etilishiga umid bildirgan Sherzod Shermatov va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 20 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Jizzaxlik deputatlar viloyat hokimi Ergash Soliyevning murojaatnomasida savol bermasligi, qolaversa, telefon bilan kiritilmasligi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda. Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ushbu tashabbus kengash kotibiyati mudiri tashabbusi ekanligini ma’lum qildi. Jizzax viloyati hokimiyati munosabat bildirdi.
Toshkent davlat tenika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga, o‘qishni Qibraydagi Xalqaro moliya va texnologiyalar xususiy institutiga ko‘chirishga va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi ochildi.
Jizzax viloyatining Gagarin shaharchasida 75 tup daraxt atrofi betonlab chiqildi. Ushbu holat tanqidlar ostida qolib ketganidan so‘ng ular atrofi betondan tozalandi, biroq bu yangi savollarni keltirib chiqardi. Daraxtlar tubini asfaltlash va betonlash amaliyoti uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda va oxiri tugamaydiganga o‘xshaydi. Ekopartiya birgina jarima bilan muammo hal bo‘lmasligini ma’lum qildi. Daraxtlar keyinroq qayta o‘tqazildi.
Dushanba kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari 8000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingani aytilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi davrida aholining salomatligini saqlash uchun 80 trln so‘m sarflanganini ma’lum qildi. Davlat rahbari aholini koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi. Uning aytishicha, dushanba kuni mamlakatga grippga qarshi vaksina ham olib kelinmoqda.
Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazdi. Birinchi bosqichda uchta model — ikki krossover va bir yo‘ltanlamasning sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Paxtakor tumanida 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi. Oqibatda bola voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbariga ma’muriy bayonnoma tuzilgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Nodir Nurmatov Jizzax viloyat hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Jizzax viloyatida tuman hokimligining mansabdor shaxslari 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish yoki rastrata orqali talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
Bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta vertolyot, FVVning 370 dan ortiq xodimlari bilan birga Milliy gvardiya, IIB, Davlat ekologiya qo‘mitasidan ham kuch va vositalari jalb qilingan.
Hukumat qarori bilan Jizzaxda Hindistonning Sambhram universiteti tashkil etildi. Bitiruvchilarga O‘zbekiston va Hindistonda tan olinadigan diplom beriladi. Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratiladi.
Jizzax viloyatida Rossiyaning eng qadimgi universitetlaridan biri — Qozon federal universitetining filiali ochiladi. Tegishli bitim dushanba kuni Qozonda, O‘zbekiston delegatsiyasining tashrif chog‘ida imzolandi. Mazkur universitetda hozirgi kunga kelib, 300 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beriladi.
Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchqudud tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.
DXX va prokuratura xodimlari Jizzax shahar moliya bo‘limi boshlig‘i, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Oybek Nurmatovni qo‘lga olishdi. U shahardagi ijtimoy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tender savdolarini olib berish evaziga tadbirkordan 2000 dollar talab qilgani aytilmoqda.
Prezident farmoni bilan «Zomin» turistik-rekreatsion zona va umummavsumiy kurort tashkil etiladi. Hududda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalari, sportning ekstremal turlari uchun sharoit yaratilishi reja qilingan.
Buxoro va Jizzax neft bazalarida moliyaviy intizom buzilganligi — kamomad va xodimlarga asossiz to‘lovlar, shuningdek, debitorlik qarzlari (33 mlrd va 35 mlrd so‘mdan ortiq) aniqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma’lumot taqdim etildi. Loyihalarning umumiy qiymati 35,5 trln so‘m bo‘lib, ular natijasida yiliga 25 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting