13 mart kuni Jizzax viloyatida yuz bergan avtohalokatda 8 kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.


Xabarga ko‘ra, 13 mart kuni soat 14:50 da Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri hududidan o‘tuvchi Dashtobod — Zomin — Supa — Baxmal — G‘allaorol 4R-40 yo‘lining 2-kilometrida «KIA K5» va «Nexia-2» avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.


YTH ishtirokchilaring 2 nafari voqea joyida hamda 6 nafari shifoxonaga yetkazilgandan so‘ng vafot etgan. «KIA K5» rusumli avtomashina haydovchisi I.A. YTHdan olgan tan jarohatlari bilan Zomin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytildi.