15 noyabr kuni taxminan soat 16:30 larda huquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari 8000 dollar olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 ming dollar miqdoridagi porani olayotganida ushlangani haqida xabar berilgan edi.

sentabr oyida Jizzax va Samarqandda ham prokurorlar pora bilan qo‘lga tushgan edi.