Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida Xitoy fuqarosi hayvonlarga shavqatsiz munosabatda bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Jizzax viloyati IIB ma’lum qilishicha, holat bo‘yicha Zafarobod tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi.

Suratlarda u taxminan kuchukni svarka uskunasi yordamida kuydirib, ozor berayotganini ko‘rish mumkin.

Buni sodir etgan shaxs Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan, «Huaxin» o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasida mexanizator bo‘lib ishlovchi Man Ming ekanligi aniqlandi.

Man Mingga nisbatan MJtKning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan) nazarda tutilgan xuquqbuzarlikni sodir etganligi tufayli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.