Bekobod shahar hokimligining bosh mutaxassisi muqaddam bir necha bor sudlangan qarindoshi bilan birga o‘zganing ishonchiga kirib, undan noqonuniy ravishda 128 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgani aytilmoqda.

Bu DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ta’kidlanishicha, hokimlik vakili ushbu pullar evaziga maktabgacha ta’lim muasssasi binosini xususiylashtirib olishda va shahar hududidan 1 gektar yer maydoni ajratilishida yordam berishni va’da qilgan.

Noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holat Samarqand viloyatiда ham qayd etildi. Urgut tumanidagi uzum yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligining 20 sotix yer maydonidan ijara asosida foydalanib kelayotgan fuqaro, ushbu yerning 10 sotixini boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aytilmoqda. Buning evaziga esa undan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Yana bir holatda, 1961 yil Jizzax viloyatiда tug‘ilgan, muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga Toshkent shahrida joylashgan va tender bahosi 5 mlrd so‘m bo‘lgan bino hamda yer uchastkasini olishda yordam berishni va’da qilgan. U buning evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilgani aytilmoqda.

DXX xodimlari tomonidan Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 2 ming dollarni avans sifatida olganida qo‘lga tushgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.