Jizzax viloyatida yashirin tarzda oltin qazib olmoqchi bo‘lgan 4 fuqaroni tosh ostida qoldi. 2 nafari chuqurdan chiqa olmay vafot etdi, qolgan ikki fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov, tender komissiyasi mansabdorlari va qurilish kompaniyalari rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligida ayblanmoqda.
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashida Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosarlar nomzodlari ma’qullandi.
Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va «Agrobank» viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga hokimlikka tayinlandi. Eski hokimlarning boshqa ishga o‘tgani xabar qilindi.
Qurilish vaziri Botir Zokirov Jizzaxda qulagan 6 qavatli uy masalasida ma’lumot bera turib, «To‘g‘ridan-to‘g‘ri korrupsion sxema», — deya ta’kidladi. U shuningdek, qulagan binoning orqasidagi ob’ekt ham omonat turganini, uni buzishga esa katta mablag‘ zarurligini qayd etdi. Jizzax viloyati hokimi esa binoni buzish xarajatlarini tadbirkorga to‘lattirishini aytgan.
«Barakali qorako‘l chorvador» fermer xo‘jaligi rahbari Jizzaxda qulab tushgan 6 qavatli uyning egasi ekanligi haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qurilish qilolmayman, deb ko‘chmas mulkni sotganman. Men uni begonalashtirdim, keyin umuman aralashmadim», — dedi fermer.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rish bilan boshladi. Davlat rahbari mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Deputat Doniyor G‘aniyev Andijon va Jizzax viloyatlarida davlat xaridlaridagi «tanish-bilishchilik» aslida yangilik emasligi, bu ikki holat «aysberg»ning uchi ekanligi hamda qonunchilikda davlat xaridlari sohasidagi manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlik yo‘qligini ta’kidladi.
Jizzax viloyati hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati»dan 292,1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini Qurilish Ta’minoti, J-Quruvchi i Abduvohid Qurilish Ta’mir kompaniyalari qo‘lga kiritgan. Ushbu kompaniyalar asoschilari viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga aloqador bo‘lishi mumkin.
Zarbdor tumani hokimligida mahalla ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosariga avtomobil yetishmagan. Keyin tuman rahbari birinchi o‘rinbosariga o‘zining Captiva avtomashinasini bergan va o‘z navbatida u Lacetti rusumli xizmat avtomobilini hokimning mahalla ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga topshirgan. Hokimning o‘zi uchun esa 370 mln so‘m evaziga Trailblazer sotib olingan.
Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisining dars vaqtida to‘satdan vafot etgani bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qizning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanishining birinchi kunida, 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etdi. Holat sababi hozircha noma’lum.
Sharof Rashidov tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Xurshid Alimardonov Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting