Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida bo‘ri bolalarining sotilishi haqida tarqalgan xabar yuzasidan Ekologiya boshqarmasining Baxmal tumani IIB bilan surishtiruv o‘tkazdi. Bu haqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Baxmal tumanidagi «O‘smat» SHFYda istiqomat qiluvchi T.X.ismli va Baxmal tumanidagi «Novqa» MFYda yashovchi J.M. ismli fuqaro 3 ta bo‘ri bolasini ushlab, ularni sotish uchun e’lon bergan.

Tezkor nazorat reyd tadbirida fuqaro X.T.ning avtomashinasi yukxonasida 3 ta bo‘ri bolasi topilgan va ashyoviy dalil sifatida olingan.

Huquqbuzarlarning har biriga MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga (hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) asosan jarima qo‘llanilgan.

«Ayni vaqtda bo‘ri bolalari ekologlar tomonidan parvarish qilinmoqda. Ob-havoning qulay bo‘lgan vaqtida ularni ushlangan joyiga olib borib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish rejalashtirilmoqda», — defiladi xabarda.