«iiv» tegli maqolalar


7 ta tuman va 1 ta shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi
10 sentabr 2020, 18:12

7 ta tuman va 1 ta shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 7 ta tuman va 1 ta shahar ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi.

Jizzax viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi
10 sentabr 2020, 09:34

Jizzax viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafari esa tibbiyot muassasasiga yotqizildi.

Samarqandda kaltaklangan ayol va uning farzandlari viloyat IIB himoyasiga olindi
24 avgust 2020, 10:43

Samarqandda kaltaklangan ayol va uning farzandlari viloyat IIB himoyasiga olindi

Samarqandda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri IIO FMB tomonidan himoyaga olingan. Ayolini kaltaklagan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga «himoya orderi» berilgan.

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi
20 avgust 2020, 23:10

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Vazirlik qonun loyihasining ishlab chiqilishi Belarusdagi voqealarga aloqador emasligini ham qayd etib o‘tdi.

Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi
4 avgust 2020, 16:18

Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida sodir etilgan «samosud» bo‘yicha ma’lumot berildi. Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan 20 yoshli boshqa bir ayolni dugonalari bilan birgalikda ushlab olib, kaltaklagan.

Masjidlarga bolalarning namoz uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligi eslatib o‘tildi
3 avgust 2020, 14:18

Masjidlarga bolalarning namoz uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligi eslatib o‘tildi

IIV karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, vazirlik masjidda bolalar namoz o‘qishlari uchun hech qanday taqiqlar yo‘qligini eslatib o‘tdi.

IIB xodimlari maktab o‘qituvchisini qiynoqqa solgani yuzasidan munosabat bildirildi
3 avgust 2020, 12:40

IIB xodimlari maktab o‘qituvchisini qiynoqqa solgani yuzasidan munosabat bildirildi

IIV Furqat tumanida IIO xodimlari maktab o‘qituvchisini o‘g‘irlikda gumon qilib qiynoqqa solganiga munosabat bildirdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

IIV: Yarim yilda sodir etilgan jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan
30 iyul 2020, 16:35

IIV: Yarim yilda sodir etilgan jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan

Senat qo‘mitasi majlisida IIVning birinchi yarim yillik bo‘yicha hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan. Shuningdek, oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 2776 nafariga «himoya orderi» berilgani ma’lum qilindi.

Ichki ishlar mulozimi «plan»ni to‘ldirish uchun kuniga beshtadan bayonnoma tuzishni buyurdi
27 iyul 2020, 11:07

Ichki ishlar mulozimi «plan»ni to‘ldirish uchun kuniga beshtadan bayonnoma tuzishni buyurdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingan audioyozuv ichki ishlar mulozimiga tegishliligi tasdiqlandi. Unda, IIO xodimi fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma kam tuzilayotganini qayd etib, buni bartaraf etish uchun har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishi bo‘yicha topshiriq bergan.

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi
20 iyul 2020, 14:59

Samarqanddagi YTHda ikki kishi vafot etdi

Samarqandda DAF yuk mashinasi va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hodisa joyida vafot etdi.

Vafot etgan yana bir IIV xodimi koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi
16 iyul 2020, 10:39

Vafot etgan yana bir IIV xodimi koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi

Vafot etgan yana bir nafar IIV xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

IIV: Sirdaryodagi sudya tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan
15 iyul 2020, 19:42

IIV: Sirdaryodagi sudya tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari xodimlari va sudya bilan bog‘liq vaziyatda sudyaning tez yordam mashinasiga yo‘l bermaganligini ma’lum qilib, voqea tasvirlangan videotasvirni e’lon qildi.

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimining koronavirus bilan kasallangani tasdiqlandi
15 iyul 2020, 13:43

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimining koronavirus bilan kasallangani tasdiqlandi

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan
11 iyul 2020, 13:21

IIV: 2020 yil birinchi yarmida 2388 ta YTH sodir etilgan

O‘zbekistonda yanvar-iyun oylari davomida 2388 ta yo‘l transport hodisalari sodir etilgan. 2019 yil ushbu davrga nisbatan YTHlarning soni 7 foizga kamaygan. Aksariyat YTHlar piyodalar belgilanmagan joydan kesib o‘tishi va haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmaslik sababli yuzaga kelgan. Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH poytaxtda, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi
8 iyul 2020, 09:39

Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Buxoro viloyatida tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilgan. YTH natijasida tez tibbiy yordam avtomashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan.

Oxirgi ikki oyda 40 ming fuqaro Toshkent propiskasini oldi
6 iyul 2020, 20:02

Oxirgi ikki oyda 40 ming fuqaro Toshkent propiskasini oldi

Yil boshidan beri Toshkent shahrida jami qariyb 50 ming nafar fuqaro doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan may va iyun oylarining o‘zida 40 mingga yaqin nafar fuqaro doimiy ro‘yxatga kiritilgan.

IIV Andijondagi jinoyat ishi yuzasidan uzr so‘radi
1 iyul 2020, 13:59

IIV Andijondagi jinoyat ishi yuzasidan uzr so‘radi

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati Andijonda qiynoq oqibatidagi vafot etgan marhumning oilasidan uzr so‘radi. Shu bilan birga, ushbu holat yuzasidan sud ishlari ochiq va shaffof bo‘lishi, unga jurnalistlar ham kiritilishi ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting