Po‘lat Bobojonov boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezidentning 12 fevral kuni bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash choralari muhokama qilindi.
Bosh prokuratura, DXX va IIV tomonidan Nukusda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi, 28-moddasi, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shavkat Mirziyoyev IIV hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida «hamma „kattakon“ uchastka noziriga buyruq beradi», deya ta’kidladi. Prezident shuningdek, «o‘zi eng katta mehnatkash — profilaktika inspektori» ekanini aytdi. Davlat rahbari IIV xodimlari maoshini 30 foizga, mahallada xizmat qilayotganlarning maoshini esa 60 foizgacha oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
IIV surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning jinoiy ishi bo‘yicha tergovga aralashganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida «ijtimoiy tarmoq faollarini» ogohlantirdi. «Qonun ustuvorligi haqida bong urayotgan ijtimoiy tarmoq faollaridan yurtimiz qonunchiligini hurmat qilishlarini talab qilamiz», dedi IIV matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov.
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi vakili Jamshid Sultonov O‘zbekistonda jami 27,5 ming mahkum jazo o‘tayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, probatsiya nazoratida 57 ming 36 nafar shaxs nazorat turgani ham ochiqlandi.
IIV sobiq xodimasi Xurshida Djalilova 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emasligi xulosasi bilan ishdan bo‘shatilgan. Ombudsman Oliy sud ishga tiklash bo‘yicha ajrim chiqargan bo‘lsada, nima sababdan ijrosi ta’minlanmagani bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi. Uning natijasida IIV sobiq xodimasi 8 yil o‘tib, lavozimiga qayta tiklanishiga erishildi.
IIV TikTok platformasidagi videolar mualliflarini fuqarolarning osoyishtaligi va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va qamoq bilan jazolanishi haqida ogohlantirdi. Ota-onalarga murojaat qilib: «Farzandlaringizni nazorat qiling. Yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang», deya qayd etdi.
Matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Xatamov UZB, ZDF va boshqa raqamli davlat idoralari avtomobillari ham jarimaga tortilishini ma’lum qildi. U shuningdek, YPX xodimlari vazirlik va davlat idoralariga tegishli avtomashinalarda qoida buzilganida nega to‘xtatilmasligiga ham oydinlik kiritdi.
15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov IIV xodimlarini ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyda tasvirga olish mumkinligini aytib o‘tdi.
Qur’onga hurmatsizlik qilinganini tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga radikal va diniy ekstremistik g‘oyalarni tarqatganlik uchun javobgarlikka tortilishi haqida eslatdi.
Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov ichki ishlar xodimi tomonidan unga nisbatan kuch ishlatilganligi haqida xabar berdi. Toshkent shahar IIBB voqeada ishtirok etgan barcha xodimlarning hamda jurnalistning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan 7 ta tuman va 1 ta shahar ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida uchta avtomashina ishtirokidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafari esa tibbiyot muassasasiga yotqizildi.
Samarqandda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri IIO FMB tomonidan himoyaga olingan. Ayolini kaltaklagan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga «himoya orderi» berilgan.
O‘zbekiston IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Vazirlik qonun loyihasining ishlab chiqilishi Belarusdagi voqealarga aloqador emasligini ham qayd etib o‘tdi.
Xorazm viloyati Gurlan tumanida sodir etilgan «samosud» bo‘yicha ma’lumot berildi. Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan 20 yoshli boshqa bir ayolni dugonalari bilan birgalikda ushlab olib, kaltaklagan.
IIV karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, vazirlik masjidda bolalar namoz o‘qishlari uchun hech qanday taqiqlar yo‘qligini eslatib o‘tdi.
IIV Furqat tumanida IIO xodimlari maktab o‘qituvchisini o‘g‘irlikda gumon qilib qiynoqqa solganiga munosabat bildirdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Senat qo‘mitasi majlisida IIVning birinchi yarim yillik bo‘yicha hisoboti tinglandi. Unga ko‘ra, ushbu davrda mamlakatda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan. Shuningdek, oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 2776 nafariga «himoya orderi» berilgani ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting