15 dekabr kuni AOKAda Ichki ishlar vazirligi mas’ullari ishtirokida «Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov «IIV xodimlarini ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyda tasvirga olish mumkiligini» aytib o‘tdi.

«Biz ichki ishlar organlari davlat xizmatchisimiz. Davlat xizmatchisini xohlagan odam, xohlagan vaqtda tasvirga olishi mumkin va xohlagan platformaga ushbu videoni qo‘yishi mumkin. Bu hech qayerda taqiqlanmagan. Lekin ichki ishlar organlari, yo‘l patrul va post patrul xizmatlari xodimlari ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyda, xohlagancha tasvirga olish mumkin», — dedi Shohrux G‘iyosov.