19 iyul kuni Samarqandda DAF rusumli yuk mashinasi va Lacetti avtomobilining to‘qnashuvi natijasida ikki kishi vafot etdi, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 19 iyul kuni soat taxminan 06:30 da Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 43-kilometrida 38 yoshli haydovchi A.Z. DAF TE 95XF yuk mashinasinida yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan 31 yoshli haydovchi F.X. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatda yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi 24 yoshli E.R. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.