O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi «Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda qayd etilishicha, qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad, fuqarolarning o‘z ijtimoiy faolliklarini miting, yig‘ilish va namoyishlar ko‘rinishida amalga oshirishga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek ularning ushbu sohadagi huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

IIV matbuot xizmati amaldagi qonunchiligida yig‘ilish, miting va namoyishlar tushunchalari, ularni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligini ta’kidlab o‘tdi.

«Mazkur huquqiy bo‘shliq hanuzgacha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga imkon bermasdan kelmoqda», — deyiladi bayonotda.

«Etot pravovoy probel do six por ne pozvolyayet v polnoy mere realizovat polojeniya, ukazannыye v state 33 Konstitutsii Respubliki Uzbekistan», — govoritsya v zayavlenii.

Konstitutsiyaning 33-moddasi:

Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

IIV Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qoshidagi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 2019 yil 22 dekabrda mamlakatimizda o‘tkazilgan parlament saylovlari bo‘yicha yakuniy hisobotidagi kamchilik sifatida ham respublikamizda fuqarolarning ijtimoiy faolliklarini tartibga soluvchi birorta normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi ko‘rsatilganini eslatib o‘tdi.

Vazirlik qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandan so‘ng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining, ushbu qonunni qabul qilish zarurati Belorusiyada o‘tkazilayotgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng vujudga kelganligi to‘g‘risidagi fikrlarni rad etdi. Avval xabar qilganimizdek, mitinglar to‘g‘risidagi qonunning birinchi loyihasi o‘tgan yil iyun oyida muhokama uchun taqdim etilgan edi.