Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov vafot etgan ikki nafar IIV xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

13 iyul kuni Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor A’loxon Abzalovich Shamahmudov vafot etgan. U 36 yoshda bo‘lgan.

Manba: IIV

14 iyul kuni IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Nosirovich Nafasov ham hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi. U 48 yoshda edi.

Manba: IIV

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan statistikada ushbu holatlar qayd etilmagan.

Xabar to‘ldirildi (16.07.2020, 00:03): Sog‘liqni saqlash vazirligi Shavkat Nafasov va A’loxon Шомахмудовларнинг koronavirus bilan og‘riganligi haqida ma’lumot berdi.