Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Jumladan, podpolkovnik Utambetov Sabit Abdijamilovich Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sabit Utambetov Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Valiyev Dilmurod Xatamovich Angren shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Dilmurod Valiyev Olmaliq shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mavlonov Abrorjon A’zamjonovich Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Abrorjon Mavlonov O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Umarov Sardorbek Raximjonovich Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sardorbek Umarov Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Biloloxunov Nurillo Saydulloyevich Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Nurillo Biloloxunov Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Tursunov Zafar Jomuradovich G‘uzor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Zafar Tursunov Qarshi shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xujamqulov G‘ayrat Choriyevich Qiziriq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar G‘ayrat Xujamqulov Muzrabot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.