Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov vafot etgan yana bir nafar IIV xodimi koronavirus infeksiyasi aniqlanganini «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

12 iyul kuni Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash guruhi katta mutaxassis-muxandisi podpolkovnik Abdulaziz Toshev vafot etgani xabar berildi. U 42 yoshda edi.

Shu munosabat bilan «Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi podpolkovnik A. Toshevning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi», — deyiladi xabarda.

Manba: IIV

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov vafot etgan ikki nafar IIV xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini «Gazeta.uz» ga tasdiqlagandi. Bir ozdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu o‘limlarni o‘z ro‘yxatiga kiritib qo‘ydi.