Oxirgi vaqtlarda bola o‘g‘irlash bilan bog‘liq xabarlar ko‘paygani munosabati bilan Toshkent shahri IIBB brifing o‘tkazdi. Unga ko‘ra, poytaxtda so‘nggi 5 yilda birorta ham bunday holat qayd etilmagan. 2022 yilda 231 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yo‘qolgan, ammo ularning bari topilgan.
Toshkentda fuqarolarning bank kartalaridagi pullarini aldov yo‘llari bilan o‘zlashtirish holatlari keskin oshdi. 2022-yilda bunday kiberjinoyatlar oqibatida toshkentliklar kamida 45,2 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Bu pullarning bor-yo‘g‘i 9,2 mlrd so‘mga yaqini undirib berilgan. IIBB keng tarqalgan usullarni sanadi.
Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida to‘xtab turgan Captiva yonib ketdi. Oqibatda bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketildi. Hozirda yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Toshkent IIBB xodimlari bir sutkada doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 25 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular oziq-ovqat va issiqlik bilan ta’minlandi, ba’zilari tibbiy yordamga muhtoj edi. Fuqarolardan yordamga muhtoj odam aniqlansa, 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘raldi.
Tarmoqlarda Olmazor tumanida o‘ldirib ketilgan profilaktika inspektorini o‘z mashinasida ayol kishi bilan suhbatlashib o‘tirganida, ayolning eri rashkdan pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB marhum ayol chaqiruviga binoan borgani, qotillik mashinada emas, tayanch punktida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Tarmoqlarda 3 kishi bir yigitni kaltaklab, unga ko‘kdori (zelyonka) sepgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB voqea Bo‘stonliqda sodir bo‘lgani va yigit giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Yakshanba kuni «Business Run» marafoni o‘tkazilishi sabab Islom Karimov, Afrosiyob hamda Sharof Rashidov ko‘chalari soat 06:00 dan soat 11:00 gacha yopiladi.
Toshkentda ikki nafar bloger 15 sutkaga qamaldi. Ular odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan va jamoat tartibini buzuvchi videolarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan. Blogerlardan biri avval ham 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.
Toshkent shahrida ikki nafar yoshlar ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda yil boshidan buyon Suriyadagi «Islom davlati» va «Tavxid va jihod katibasi» terrorchilik tashkilotlarga aloqador 4 ta yashirin, 10 ta «virtual» guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ular faoliyatiga chek qo‘yildi.
Yangiyo‘l tumanida fuqaro Kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali 40 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga noqonuniy tarzda rasmiylashtirib berishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi buning evaziga kelishilgan 29 ming dollardan 10 ming dollarini olganda ushlandi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ekstremistik tashkilotlar tarafdorligida gumonlanayotgan 24 nafar fuqaro ushlandi. Ularning yashash manzillarida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan taqiqlangan materiallar aniqlangan.
4 fevraldan Toshkent shahar IIBB YHXB ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘lim-bo‘linmalarida haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni qabul qilish to‘xtatildi. Endilikda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar xususiy kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladi. Toshkentda Autodriver Study tomonidan ochilgan Yagona imtihon markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Yakkasaroy tumanida joylashgan qurilish obyektida ikki donadan 115 mmlik o‘quv snaryadi va 82 mmlik o‘quv minomyoti topildi. IIBB o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi. IIBB uning haydovchi hujjatlari tekshirilayotganda YHXB hodimlarini haqoratlab, janjal ko‘targanini ma’lum qildi. Uchastkada hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda telefonidan taqiqlangan videomaterial va fotosuratlar aniqlandi, deya xabar qildi boshqarma.
Poytaxtning Uchtepa tumanida ayol va qizlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan 3 nafar ayol aniqlandi. Fuqarolarga nisbatan BHMning 5 barobari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Amir Temur xiyobonida 150−200 ga yaqin fuqarolar to‘planishiga sababchi bo‘lgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) ma’muriy javobgarlikka tortildi. Unga 1 mln 225 ming miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov fikriga ko‘ra, rossiyalik bloger Subxan Mamedov (Subo) bilan profilaktik suhbat emas, balki «unga nisbatan yolg‘on ma’lumot tarqatib, jamoat tartibi va sog‘ligiga xavf tug‘dirgani, yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini buzgani» nuqtai nazaridan huquqiy baho berilishi kerak.
Toshkent shahrida uyida mast holatda janjal qilayotgan fuqaroni IIBga olib bormoqchi bo‘lgan inspektor va aholi o‘rtasida janjal chiqdi. Poytaxt IIBBning ta’kidlashicha, «vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lmagan qo‘shnilar noto‘g‘ri xulosa chiqarib, inpsektorning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan».
Mart oyining oxirida Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘tkazilgan ruxsatsiz miting paytida o‘spirinlarni kaltaklaganlikda to‘rt kishi ayblanmoqda; ular sud boshlanguniga qadar uy qamog‘iga olingan. Tartibsizliklarda qatnashgan yana 27 kishining harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik deb topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting