16 oktabr kuni «Tashkent Global Forum» tashkiloti poytaxtda 3 km ga yugurish bo‘yicha «Business Run» marafon o‘tkazadi. Toshkent shahar IIBB shu sababli yakshanba kuni soat 06:00 dan soat 11:00 gacha bir nechta ko‘chalar yopilishini ma’lum qildi.

Bular:

  • Islom Karimov ko‘chasidan — Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
  • Afrosiyob ko‘chasidan — Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha;
  • Sharof Rashidov ko‘chasidan — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qism.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.