Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kishi yigitni kaltaklab, tepgani va unga ko‘kdori (zelyonka) sepgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 12 oktabr kuni soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan J.R., 2001 yilda tug‘ilgan Sh. A. va 2005 yilda tug‘ilgan R.A. Telegram-bot orqali giyohvandlik moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan 2003 yilda tug‘ilgan A.B. bilan Mirobod tumanida uchrashuv belgilagan.

Shundan so‘ng, uni Bo‘stonliq tumaniga olib borib, urib, tan jarohati yetkazgan va ustiga brilliant ko‘ki eritmasi sepgan.

Videoda yigit uni kaltaklamaslikni so‘raganini, shuningdek, boshqa bunday qilmaslikka va’da berganini eshitish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi (Odam o‘g‘irlash) va 105-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

«Tergov jarayonida J.R., Sh. A. va R.A. shunga o‘xshash boshqa bir qancha jinoyatlarni sodir etishga aloqadorligi aniqlangan. Tergov davom etmoqda», — deyiladi xabarda.