22-sentabr kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining “Dok-1 Maks” siropidan bolalar o‘limi ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tayotgan binoga bomba qo‘yilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu ish bo‘yicha sud jarayoni o‘z vaqtida boshlanmadi, sud binosi oldida esa favqulodda xizmatlar xodimlari to‘plandi.

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtdagi ayrim sud binolarida Toshkent shahri sudi, IIBB, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari shahrimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek strategik obyektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida rejali ravishda amalga oshirilmoqda, — deydi boshqarma.

Fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.