Toshkent Ichki ishlar boshqarmasi poytaxtda terrorchilik tashkilotlari a’zolarini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unda qayd etilishicha, yil boshidan buyon «Islom davlati» va «Tavxid va jixod katibasi» terroristik tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlangan 4 ta yashirin, yakka tartibda radikallashib, ekstremistik tashkilot va oqimlar g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan 10 ta «virtual» guruh hamda 250 nafar ekstremistik guruh a’zolari aniqlanib, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ushbu toifadagi shaxslar ekstremistik va terroristik tashkilotlar mafkurasini targ‘ib qilish, o‘zi turgan mamlakatda qo‘poruvchilik harakatlariga chaqirish, jangarilar lagerlari safiga qo‘shilish va yollash hamda terrorizmni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan.

Xususan, yil boshida Toshkent shahrida 27 nafar shaxsdan iborat yashirin ekstremistik guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan bo‘lib, guruhning ayrim a’zolari jangovar harakatlar yuz berayotgan hududlarga borishni rejalashtirgan va xalqaro terrorchilik guruhlarini moliyalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan.

Hozirda ushbu guruhning 11 nafar a’zosiga nisbatan IIV Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 216-moddasi (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish), 244−1-moddalari (ishlab chiqarish, saqlash, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatish yoki namoyish etish) va 244−2 (Diniy-ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda qatnashish) moddalari bilan ayblov e’lon qilingan.

Bundan tashqari, olib borilgan tezkor-tergov harakatlari davomida, Toshkent viloyatida yashovchi, 2001 y.t. «A.Sh.» qo‘lga olinib, u Suriya hududidagi faoliyat olib borayotgan «TJK» xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyaviy rahnamosi A.Xamrabuvayevning (taxallusi «Axluddin Navkotiy», Kirg‘iziston fuqarosi) ko‘rsatmasi asosida, Toshkent shahrida yashovchi 9 nafar shaxslardan iborat yashirin jamoat tashkil etgan bo‘lib, ularning ayrimlari Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlari davomida Toshkent viloyatida yashovchi «A.Sh.» (2001 y.t.) qo‘lga olingan. U Suriya hududida faoliyat olib borayotgan «TJK» xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyaviy rahnamosi A.Xamrabuvayevning (taxallusi «Axluddin Navkotiy», Kirg‘iziston fuqarosi) ko‘rsatmasi asosida Toshkent shahrida yashovchi 9 nafar shaxsdan iborat yashirin guruh tashkil etgan. Ularning ayrimlari Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, 18−27 yosh oralig‘idagi, ayrimlari maktab o‘quvchilari hisoblangan 10 nafar shaxsdan iborat «TJK»ning 2 ta yashirin guruhi aniqlangan. Ushbu guruhlar faoliyati «TJK» ning Suriyadagi mas’ullaridan biri «Abu Axmad uzbekiy» tomonidan boshqarib kelingan.

Guruh a’zolari poytaxtdagi ma’muriy binolar, aholi gavjum jamoat joylarida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirganlar hamda terrorchilik tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirib kelishgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida guruh a’zolaridan qo‘lbola portlovchi qurilma tarkibiy qismlari va niqoblovchi buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.


Ниқобловчи buyumlar va порtловчи qurilma qismlari

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIV Tergov departamenti tomonidan JKning 155, 244−1 va 244−2-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda qidiruvga berilgan fuqarolarni ishga qabul qilish ham to‘xtatildi. Ular Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari safida bo‘lib, ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali O‘zbekistondagi qarindoshlari va do‘stlarini terrorchilik harakati sodir bo‘lgan hududlarga borishga ko‘ndirgan.

IIBB ularning fotosurat va taxalluslarini e’lon qildi:



2022 yilda xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlik natijasida, qidiruvda bo‘lgan 59 nafar jangari va terrorchi-ekstremistik tashkilotlar tarafdorlari qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Ushbu shaxslar chet davlatlarda terrorchilik tashkilotlar safiga yollangan bo‘lib, ularning faoliyatini moliyalashtirish, Suriyadagi jangarilar lagerlariga nomzodlarni yollash va yuborish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, ayrimlari O‘zbekistonda va o‘zlari bo‘lib turgan mamlakatlar hududida qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishni rejalashtirib kelganlar.

Jumladan, 2022 yilning aprel oyida farg‘onalik, «X.K.» (1995 y.t.) Rossiya hududida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan. Ushbu shaxs 2014—2015 yillarda Suriyadagi «TJK» terrorchilik tashkiloti safida jangovar-qo‘porovchilik tayyorgarligidan o‘tib, Rossiya hududida yashirin guruhlar yaratish, terrorchilik tuzilmalarni moliyalashtirish kanallarini yo‘lga qo‘yish uchun tashkilot yetakchilari «Sh.Sh.» va «K.Sh.» tomonidan yuborilgan. «X.K.»ga nisbatan JKning 244−2 va 155−3-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, «TJK»ning qidiruvda bo‘lgan Turkiyadagi jangarisi — Samarqand viloyatidan bo‘lgan «B.D."(1998 y.t.)ning RFning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida seriyali qator terrorchilik xurujlarini amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga chek qo‘yilgan. Unga nisbatan JKning 155−2, 22−3, 244−1 va 244−2-moddalari bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan «S.X.» (1999 y.t.) RF hududida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan. Ma’lum bo‘lishicha, u Internet orqali Suriyadagi «Xayat Taxrir ash-Shom» xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari safiga yollanib, qo‘lbola usulda portlovchi qo‘rilmalarni yasash bo‘yicha o‘quvdan o‘tgan va O‘zbekistonda qaytganidan so‘ng qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirishni rejalashtirgan. Unga nisbatan JKning 244−1, 155−2 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Yana, joriy yilda «Xizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkilotining Toshkent shahri va viloyatida yashovchi besh nafar, muqaddam jazo o‘tab ozodlikka chiqqan o‘n nafar a’zolarining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Ular Internet orqali tashkilotning g‘oyaviy rahnamolaridan biri A.Xoldarovning («Maxmud Abdulmo‘min», Qirgiziston fuqarosi, Ruminiyada yashirinib kelmoqda.) yollovi ta’siriga tushib, o‘zlarining maslakdoshlaridan iborat yashirin guruh tuzganlar.


Shuningdek, Toshkent shahri va viloyati hududida talonchilik, tovlamachilik, o‘g‘rilik va bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan sakkizta uyushgan jinoiy guruhning faoliyatiga barxam berilgan bo‘lib, ular terrorchilik tashkilotlarining g‘oyaviy ta’siriga tushib, noqonuniy topilgan daromadlaridan ekstremizmni moliyalashtirib kelganlar. Ayrimlari terrorchilar lagerlariga chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rganlar.

Xususan, 2021 yilda Toshkent shahridagi «Texno olam» savdo majmuasida tizimli ravishda mobil telefonlar o‘g‘rilash, firibgarlik, talonchilik jinoyatlari sodir etib, hududdagi qo‘riqlash xizmati xodimlariga tan jarohati yetkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Ulardan 6 nafariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov davomida boshqa jinoyatlarga dahldor 50 dan ortiq aloqalari aniqlangan va ularga nisbatan profilaktik va ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanilgan.

IIBB matbuot xizmatining qayd etishicha, yuqorida keltirilgan ekstremistik, terrorchilik va uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor-tergov tadbirlarining barchasi amaldagi qonunchilik normalariga qat’iy rioya qilgan holda, prokuratura idoralarining nazorati ostida o‘tkazilgan.