Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida ikki shaxs jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

Ularga, ya’ni 1968-yilda tug‘ilgan Aripov Ismatilla Raxmatullayevich va 1980-yilda tug‘ilgan Aripov Ulmasjon Raxmatullayevichga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Poytaxt IIBB fuqarolardan agar ushbu shaxslardan yoki jinoiy guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning 71−206−45−69, 71−206−49−46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99−370−73−94 telegram raqamiga murojaat qilishni so‘ragan. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi ta’kidlangan.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi:

  • 1976-yilda tug‘ilgan Yuldashev Xayrulla Xabibullayevich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi juda ko‘p miqdorda tovlamachilik)
  • 1987-yilda tug‘ilgan Mirzaxmedov Ulug‘bek Temurovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan quyidagi shaxs qidirilmoqda:

  • 1981-yilda tug‘ilgan Badalbayev Rovshan Raximovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi juda ko‘p miqdorda tovlamachilik)

Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.